Xalqaro talabalar uchun Turkiya hukumatining stipendiyasi
Stipendiya quyidagilardan iborat
- O‘qish uchun to‘lov.
- turar joy uchun to‘lov.
- bakalavriat talabalari uchun oylik stipendiya – 700 lira (94$), magistrlar uchun -950 lira (128$), aspirantlar uchun – 1400 lira (188$), va tadqiqotchilarga – 3000 liradan (403$) ajiratiladi.
- turk tili kurslari uchun to‘lov (1 yil);
- tibbiy sug‘urta uchun to‘lov;
- transport xarajatlarini to‘lash.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Talabalar universitetning barcha talablariga va qoidalariga rioya qilishi maqsadga muvofiqdir. Bakalavriat dasturiga hujjat topshirayotgan talabalar 01.01.1999 yildan keyin tug‘ulgan bo‘lishi kerak; magistraturaga da‘vogarlar 01.01.1990 yildan keyin tug‘ilgan bo‘lishi kerak; aspiranturaga kiradigan talabalar 01.01.1985 yildan keyin tug‘ilgan bol`lishi kerak; tadqiqot olib borishni istagan nomzodlar 01.01.1975 yildan keyin tug‘ilgan bo‘lishi kerak. Abituriyentlarning tibbiy ma‘lumotlari yaxshi bo‘lishi kerak.
Talabalar kerakli maʼlumotga ega bo‘lishlari kerak - magistr darajasiga daʼvogarlar tegishli mutaxassislik bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lishlari kerak. Aspiranturaga kiradigan talabalar tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lishlari shart.
Shuningdek magistratura dasturida allaqachon turkiyada tahsil olayotgan xalqaro talabalar aspiranturada tahsil olishlari mumkin.
Grant olish uchun arizalar rasmiy veb-saytda onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza berish muddati xorijiy mamlakat fuqarolari uchun turli tarzda bo‘lib o‘tadi. Hujjatlarni topshirish xorojiy fuqorolar uchun har yili 15-yanvardan 20-fevralgacha davom etadi.
Hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi.
Kerakli hujatlarni tashkilotchilar elektron pochtasiga yuborilishi
kerak -info@turkiyeburslari.gov.tr
Вu quydagilardir;
- Passport yoki ID karta
- Portret fotosurat
- Diplom va diplom ilovasi
- Milliy imtihon natijalari (hali diplom olmaganlar uchun)
- Ilmiy loyiha taklifi va tadqiqot ishlarining namunalari (aspirantlar uchun)
Manba: http://www.wayu.uz/site/news-page?id=284
